Foto: «Dunyo» AA
O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi J.Vaxabov «Facebook» kompaniyasi bo‘limi direktori Endi O'Konnell bilan uchrashib, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish istiqbollarini muhokama qildi.
Internetda, xususan, «Facebook», «Instagram» va «WhatsApp» platformalari orqali ekstremizm va radikallashuvning oldini olish bo‘yicha hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.
O'Konnell O‘zbekistonda davlat idoralari ochiqligi va so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika kompaniyasi Sh.Mirziyoyevdan mamlakatdagi «Facebook» platformasi va boshqa platformalarning uzluksiz ishlashini ta’minlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdor.
Bundan tashqari, «Facebook» AT-mutaxassislarini tayyorlashda yordam berishga tayyorligini bildirdi. O‘zbekistondagi har bir qiziquvchi talaba maxsus yaratilgan veb-sahifa orqali amaliyot o‘tash uchun ariza topshirishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi