O‘zbekistonda bog‘cha va maktablar oldida ruxsat etilgan tezlik me’yori keskin kamaytiriladi. Bu jamoat xavfsizligi konsepsiyasiga oid prezident farmoni bilan tasdiqlangan strategiyada belgilab qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, yo‘l harakati xavfsizligini to‘liq ta’minlash borasida bir qator zamonaviy yondashuvni amaliyotga tatbiq etish ko‘zda tutilmoqda.
Xususan, maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalariga yondosh yo‘llarda tezlik me’yorlarini keskin kamaytirgan holda, ushbu me’yorlarni barcha joylar uchun yagona etib qat’iy belgilash rejalashtirilgan.
Shuningdek, shahar va tumanlarning aholi gavjum joylarida piyodalar yo‘lakchalariga piyodalar boshqaradigan svetoforlarni o‘rnatish mo‘ljallanmoqda.
Umumta’lim muassasalarida "Harakat xavfsizligi sinfxonalari", mahallalarda "Yo‘l harakatini o‘rgatish maydonchalari" tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga yo‘l harakati xavfsizligi asoslarini o‘qitish tizimi joriy etilib, yo‘llarda, chorrahalarda va piyodalar o‘tish joylarida harakatlanish asoslarini amaliy hamda ko‘rgazmali tarzda o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi