2 658
Toshkent hokimligiga sovg‘a qilingan qimmatbaho Mercedes Jahongir Ortiqxo‘jayevning o‘ziga tegishli
«Gazeta.uz» nashri bir qator vazirlik va idoralarning xizmat avtomashinalari parkini tahlil qilib, mamlakatning yuqori martabali amaldorlari qanday avtomobillardan foydalanishini aniqlab, maqola e’lon qildi.
Unda Toshkent shahar hokimligiga yaqinda fuqaro tomonidan sovg‘a qilingan Mercedes-Benz Jahongir Ortiqxo‘jayevning o‘ziga tegishli ekani haqida ham aytib o‘tilgan.
Ta’kidlanishicha, Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 30 noyabr kuni fuqaro Latipova Ziyoda Bahromovnaga tegishli Mercedes-Benz S500 Hybrid rusumli, davlat raqami 01M798HB bo‘lgan qora rangli yengil avtotransport vositasini hokimlikka ixtiyoriy ravishda beg‘araz (tekinga) berish taklifini qabul qilish haqidagi qarorni imzolagandi.
«Nashr manbasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil aslida Jahongir Ortiqxo‘jayevning o‘ziga tegishli. Ehtimol, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 apreldagi qarorida davlat xizmatchilarining xizmat avtomobillari qiymati cheklangani tufayli Mercedes-Benz S500 Hybrid avtomobilini ‘beg‘araz berish’ga qaror qilingandir. Hokimiyat ‘Gazeta.uz’ga vaziyat bo‘yicha izoh berishni rad etdi», – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 2021 yilda ishlab chiqarilgan bunday avtomobil narxi Avtoelon.uz saytida 295 ming dollar ko‘rsatilgan. Hokimlar avtomobillari uchun cheklov esa bazaviy hisoblash miqdorining 2000 baravari (540 million so‘m) etib belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi