O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ortayotgani fonida ko‘chalarda va jamoat joylarida tibbiy niqobsiz harakatlanayotganlarga nisbatan yana ma’muriy jarima qo‘llanilishi haqida xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lmoqda.
Qayd etib o‘tish kerak, O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi hukm surganidan so‘ng bir qancha barcha muassasalarning ishlashiga ruxsat berildi. Lekin sanitariya va gigiyena qoidalarini hech kim bekor qilgani yo‘q.
Chindan ham, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) birinchi bandiga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.
BHMning besh baravari aynan 1 mln 350 ming so‘m bo‘ladi. Lekin bu qat’iy jarima emas. Kodeksda ham besh baravariGACHA deb yozib qo‘yilgan.
Unda, mish-mishlarda jon bor bo‘lib chiqsa va jarimalar yana qo‘llanila boshlasa «maskasiz» yurish qancha jarimaga sabab bo‘ladi?
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 25-moddasi (Jarima) ning ikkinchi qismida fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ellikdan bir qismi (5400 so‘m)dan, mansabdor shaxslarga esa — o‘ndan bir qismi (27000)dan kam bo‘lmasligi kerakligi belgilab qo‘yilgan.
Siz oddiy fuqarosiz. 25-moddada jarimaning qo‘yi chegarasi ko‘rsatilmagan. Shu sababli sizga nisbatan qo‘llaniladigan jarimaning qo‘yi chegarasi — 1 BHMning ellikdan bir qismi, ya’ni 5400 so‘m bo‘ladi. Avvalgi yillarda ko‘chada tibbiy niqobsiz yurganlik uchun ushlanganlarning ko‘pchiligi aynan shuncha miqdorda jarima tortilgan.
Avval «qo‘lga» tushib, 5 BHM miqdorida jarima solinganlar ham bordir, lekin ma’muriy bayonnoma ustidan sudga shikoyat arizasi kiritib, jarima miqdorini 5400 so‘mgacha kamaytirsa bo‘lar edi.
Aksariyat hollarda bu jarimalar MJtKning 53-moddasi (Sanitariya qonunchilikni buzish — chiqindi tashlash), 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish — niqobsiz yurish), 56(1)-moddasi (Jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish), 138-moddasi (Piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi) talablari buzilgani uchun qo‘llanilar ekan.
Shu sababli, ushbu huquqbuzarliklarni yaqqol sodir etganingizda sizni ichki ishlar organi xodimi to‘xtatib, barmoq izingizni skaner qilganda sizga nisbatan jarima qo‘llanilgani-qo‘llanilmagani, qo‘llanilgan bo‘lsa uning aniq summasini bilib olishga harakat qiling.
Chunki jarimani huquqbuzarlik sodir etilgan sanadan boshlab 15 kun ichida to‘lsangiz, sizga 30 foiz chegirma beriladi.
Shuhrat Shokirjonov, jurnalist.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar