date

Prezident Nyu Yorkda Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbarini qabul qildi

Prezident Nyu Yorkda Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev 22-sentyabr kuni Nyu York shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu nufuzli global tuzilma bilan sheriklikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan. XVJ rahbari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangilanishlarga yuksak baho bergan.

Jamg‘arma bilan makroiqtisodiy siyosat, byudjet va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish sohalarida samarali hamkorlik qilinayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mutaxassislarimiz XVJ markazlarida muntazam ravishda malaka oshirish dasturlaridan o‘tmoqda. Joriy yilda mamlakatimiz moliya sohasining barqarorligi birgalikda baholandi va “yo‘l xaritasi” qabul qilindi.

Uchrashuv davomida pul-kredit va fiskal siyosatni rivojlantirish, statistika tizimini transformatsiya qilish bo‘yicha jamg‘armaning ekspertlik ko‘magini davom ettirish, shuningdek, iqtisodiy idoralar xodimlari uchun o‘quv dasturlarini kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident Nyu Yorkda Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbarini qabul qildi