date

Soliq qarzi evaziga yer maydoni auksion savdosiga chiqarilmoqda

Soliq qarzi evaziga yer maydoni auksion savdosiga chiqarilmoqda
Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan surunkali ravishda soliq qarzini to‘lamayotgan fermer xo‘jaliklariga yer ijara huquqlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida Majburiy ijro byurosi Xovos tuman bo‘limi tomonidan ish yurituvidagi, qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda bartaraf etmagan 38 ta qarzdor fermer xo‘jaliklarining yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi xatlanib, jami 34 mlrd. 609 mln. so‘m boshlang‘ich narxda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Shu bilan birga, olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida mazkur toifadagi ijro hujjatlari bo‘yicha 9 mlrd. 377 mln. so‘mdan oshiq soliq qarzlari undirilishiga erishildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliq qarzi evaziga yer maydoni auksion savdosiga chiqarilmoqda