date

Sirdaryoda qonunsiz ovlangan baliqlar tabiatga ulkan zarar yetkazdi

Sirdaryoda qonunsiz ovlangan baliqlar tabiatga ulkan zarar yetkazdi
Sirdaryo viloyatida baliq ovlash qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan fuqarolar tabiatga qariyb 700 million so‘m miqdorida ziyon yetkazishdi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Davlat ekologik nazorati inspeksiyasi, Sirdaryo suv havzasini nazorat qilish bo‘limi, viloyat DXX boshqarmasi, prokuratura va Milliy gvardiya ishtirokida o‘tkazilgan maxsus reyd davomida qonunbuzarlik ochib berilgan.

Reyd Guliston tumani «Terakzor» mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi daryo qismida amalga oshirilgan. Unda I.D., B.Y. va I.D. ismli fuqarolar elektr qarmoq va rezina qayiqdan foydalanib, turli turdagi jami 36 dona baliqni noqonuniy tarzda qo‘lga kiritishgani aniqlandi. Eng alamlisi, ular orasidan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob tur – «Turkiston mo‘ylovdori» ham borligi ma’lum bo‘ldi.

Huquqbuzarlik oqibatida hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararning umumiy hajmi 694 million 220 ming so‘mni tashkil etdi. Voqea yuzasidan tegishli qonun normalari buzilgani qayd etildi.

Holat bo‘yicha rasmiy dalolatnoma tuzilib, ovlangan baliqlar va noqonuniy qurollar – elektr qarmoq, rezina qayiq, akkumulatorlar, eshkak, tutgich hamda tungi yoritish moslamasi tegishli tartibda vaqtincha saqlashga olindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda qonunsiz ovlangan baliqlar tabiatga ulkan zarar yetkazdi