Qozog‘iston AQSH bilan tarixdagi eng yirik lokomotiv yetkazib berish shartnomasini imzolashga rozi bo‘ldi. Bu kelishuv AQSH Savdo vazirligi rahbari Hovard Lyutnikning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin amalga oshirilgan.
Lyutnikning ta’kidlashicha, bu bitim sanoatning muhim tarmoqlaridan birini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi. 4 milliard dollarlik shartnoma hamda AQSHning Wabtec kompaniyasi bilan tuzilgan kelishuv Qozog‘istonda 300 ta yuk lokomotivi ishlab chiqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni nazarda tutadi.
To‘qayev matbuot xizmati shartnomaning tafsilotlarini oshkor qildi. Ushbu bitim orqali Qozog‘istondagi Ostonada 2009-yildan beri faoliyat ko‘rsatayotgan Wabtec lokomotiv yig‘ish zavodi o‘rnini ham mustahkamlashga qaratilgan. 230 million dollarlik sarmoya kiritilib, 600 dan ortiq lokomotiv ishlab chiqarilgan, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi 45 foizga yetgan.
Shu bilan birga, Wabtec kompaniyasi o‘z faoliyatini yanada kengaytirib, Qozog‘istonda innovatsiyalarni joriy etish va muhandislar tayyorlash uchun texnologik markaz tashkil etdi.
Bu kelishuv Qozog‘iston va AQSH o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga katta hissa qo‘shadi. Yirik shartnomalarning ko‘payishi ikkala davlatning sanoat va iqtisodiy rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!