Avtobusda qizlarga tegajog‘lik qilgan erkak qamaldi

1 daqiqa o'qish9.1K
Avtobusda qizlarga tegajog‘lik qilgan erkak qamaldi

Toshkent shahrida sodir bo‘lgan hodisa ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Jamoat transportida erkak yosh qizlarga nisbatan uyatsiz harakatlar qilgani aks etgan video tarqalgach, poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat 11 sentyabr kuni soat 08:00–09:00 orasida Chilonzor tumanidan Sirg‘aliga yo‘nalgan 11-sonli avtobusda sodir bo‘lgan. Yo‘lovchi sifatida harakatlanayotgan erkak o‘zga yo‘lovchi qizlarga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan, videoda aks etgan shaxs 1971 yilda tug‘ilgan F. ismli erkak bo‘lib chiqdi. U tez orada topilib, Chilonzor tumani ichki ishlar organlariga olib borildi. 17 sentyabr kuni Chilonzor tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqildi.

Huquqbuzar so‘roqda qilgan ishini tan olib, o‘zini oqlamasdan, amalidan afsuslanganini bildirgan:
“Drujba bekati atrofida yonimga bir qiz chiqib qoldi. Shu payt nafsimga yo‘l qo‘yib, o‘zimni tiyolmadim, qo‘lim orqa tomonga ketib qoldi. O‘z qilmishdan sharmandali holga tushdim, uzr so‘rayman. Bundan keyin bunday ishni hech qachon takrorlamayman”, – degan u.

Ish hujjatlari to‘planib, Chilonzor tuman sudiga yuborilgan. Sudda erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) bo‘yicha aybdor deb topildi. Sud qaroriga ko‘ra, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, jamoat transportidagi bunday holatlar nafaqat qonunbuzarlik, balki jamiyat axloqiga ham jiddiy putur yetkazadi. Shuning uchun fuqarolar o‘z huquqlarini bilishi, bunday vaziyatlarga guvoh bo‘lganida darhol huquq-tartibot organlariga murojaat qilishi zarur.


Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?