Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin. Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu salomlar bo‘lsin.
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan keltiriladigan ot hayvoni ichaklarining barchasi “harom” ekani haqida xabar tarqaldi. Mana shunday gap-so‘zlar ko‘pchilik yurtdoshlarimizni qattiq tashvishga soldi. Ushbu masalaga aniqlik kiritish maqsadida, O‘zbekiston musulmonlari idorasida ko‘p yillardan buyon qazi mahsulotlarini tayyorlash bilan shug‘ullanadigan, katta tajribaga ega bo‘lgan soha mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida har yili yurtimizga xorijdan bir necha tonna atrofida qazi tayyorlash uchun ishlatiladigan ichaklar olib kelinishi va ular asosan Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Mongoliya, Ispaniya, Polsha kabi mamlakatlardan ekani aniqlandi. Oxirgi yillarda mazkur yurtlardan pandemiya sababli ichaklar deyarli import qilinmagan ekan. Mongoliya va Polsha davlatlaridan olib kelinadigan ichaklar “halol” yoki “harom” ekani hozircha aniq tasdig‘ini topmadi. Ammo Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Ispaniya davlatlaridan olib kelinadigan ichaklarni halol ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, yurtimizda otlar halol yo‘l bilan so‘yilgani uchun uning ichaklaridan tayyorlanadigan qazi mahsulotlari yoki turli taomlar yoxud qazining ichagi qaynatilgan suvlarning barchasi halol-pokdir.
Shunday ekan, ko‘pchilik iste’mol qiladigan mahsulotni chuqur o‘rganmasdan, uning hammasini haromga chiqarish aslo to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bunday fatvo berishga faqatgina yurtning Muftiysidan boshqa hech kimning haqqi yo‘q. Chunki noto‘g‘ri berilgan fatvo oqibatida juda ko‘plab tushunmovchilik va odamlarning tinchini buzish hamda turli ko‘ngilsiz ishlarga sabab bo‘linadi.
Ta’kidlash joizki, hadisi shariflarda fatvo berish vazifasi o‘ta mas’uliyati va katta javobgarlik mavjudligi haqida ko‘p va’idlar kelgan. Ya’ni, voqelikni to‘liq o‘rganmay, yetarli bilim va tajriba orttirmay turib, qo‘rqmasdan fatvo berishdan qaytarilgan.
Demak, ko‘p izlanmay va mulohazasiz qilingan chiqishlar jamiyatda turli tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Shunday ekan, dolzarb masalada yetarli ilmga ega bo‘lmay, uni chuqur tahlil etmay, soha mutaxassislarining fikrlariga quloq tutmay va haqiqiy holatni inobatga olmay aytilgan har qanday gap, hatto uni ahli ilm aytgan bo‘lsa ham, fatvo hisoblanmaydi hamda shar’iy kuchga ega bo‘lmaydi.
Mazkur muloqotda soha mutaxassislariga diyorimizga olib kelinadigan ichaklar dinimiz talabi asosida so‘yilgan ot hayvoniga tegishli ekaniga e’tibor qaratish va barcha zarur chora-tarbirlarini ko‘rish tushuntirildi.
O‘z navbatida ta’kidlaymizki, diniy masalalarni bayon etishda vakolati va salohiyati bo‘lmagan, turli shaxslarning fikr bildirishlari shar’an joiz emas. Yuqorida bayon etilganidek, Fatvo maqomidagi masalalarda o‘lkamizda faqatgina O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy va u kishi rahbarligidagi Ulamolar Kengashi yoki Fatvo hay’ati qaror chiqarishga haqlidir.
Alloh taolo barchamizni to‘g‘ri yo‘lda bardavom qilsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi