Ichki ishlar organlariga xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham, tegishli ma’lumotga ega, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Xizmatga 165 santimetrdan past bo‘lmagan erkaklar va 160 santimetrdan past bo‘lmagan ayollar qabul qilinadi. Qabul nomzodning doimiy propiska joyi bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan dastlabki va yakuniy tanlovlar asosida amalga oshiriladi.
Tanlovlar nomzodning xohishiga ko‘ra davlat, qoraqalpoq yoki rus tillarida o‘tkaziladi. Dastlabki tanlov dastlabki suhbat, psixologik test, umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash shaklida o‘tkazilib, umumlashtirilgan natijalariga ko‘ra yakunlanadi.
Yakuniy tanlov nomzod bilan yakka tartibdagi suhbat shaklida o‘tkazilib, suhbat davomida uning aqliy salohiyati, xizmat o‘tashga ruhan tayyorligi, kirishimliligi, shuningdek xodim uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’naviy-axloqiy va kasbiy jihatdan muhim xislatlar baholanadi.
Yakuniy suhbat natijalari ko‘ra nomzodning xizmatga kasbiy jihatdan yaroqliligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Xizmatga, mavjud bo‘sh lavozimlarni hisobga olgan holda yakuniy tanlov natijalariga ko‘ra yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar qabul qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?