4 094
O‘zbekistonda yangi qurilayotgan uylar asosan o‘rta va yuqori daromadli aholiga yo‘naltirilgani tan olindi
Moliya vazirligida aholi keng qatlamlari uchun arzon uy-joylarni qurish masalalari yuzasidan xususiy qurilish tashkilotlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, u uy-joy qurilishi sohasida raqobatni yanada rivojlantirish, shuningdek ipoteka kreditlash mexanizmlaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish va kengaytirish maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuv ishtirokchilariga uy-joy qurilishi sohasida olib borilayotgan davlat siyosatidagi o‘zgarishlar, shu qatorda xususiy qurilish kompaniyalarini jalb qilish va barcha ishtirokchilarga teng sharoitlar yaratish orqali uy-joy qurilishi sohasida raqobatni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar yuzasidan ma’lumot berilgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, xususiy qurilish kompaniyalari vakillari uy-joylarni moliyalashtirish tizimi, narxlarni belgilash mexanizmlari, import qilingan va mahalliy qurilish materiallaridan foydalanish, xonadonlar sotilishi holati to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tishdi.
Bundan tashqari, uy-joy qurilishi rejalashtirilgan yer uchastkalari infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bilan bog‘liq muammolar ko‘tarildi.
Xususiy qurilish kompaniyalari tomonidan qurilayotgan turar-joy komplekslari asosan o‘rta va yuqori daromadli aholiga yo‘naltirilganligi ta’kidlab o‘tildi. Uchrashuv chog‘ida xususiy qurilish kompaniyalari tomonidan aholining keng qatlamlari, shu jumladan, uy-joylar uchun subsidiyalar mexanizmlari doirasida, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar uchun ham mavjudligi masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, yig‘ilishda bozor tamoyillari asosida aholining barcha toifalari uchun ipoteka kreditlari olish imkoniyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto)