date
views 1 759

Germaniya sohilida yana bir kit jasadi topildi — mutaxassislar o‘lim sababini aniqlayapti

Germaniya sohilida yana bir kit jasadi topildi — mutaxassislar o‘lim sababini aniqlayapti
Germaniyaning Shlezvig-Golshtayn federal yerlari hududidagi Sankt-Peter-Ording sohilida mahalliy aholi va sayyohlar uchun hayratomuz, biroq fojeali manzara namoyon bo‘ldi — yoribukri kitning jasadi suv yoqasiga chiqib qoldi. Bu so‘nggi vaqtda ushbu mintaqada ulkan dengiz sutemizuvchilari o‘limi bilan bog‘liq uchinchi holat bo‘ldi.

10 metrlik bukri kit — nima sababdan nobud bo‘lgani hozircha noma’lum

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘hildan topilgan kitning uzunligi taxminan 10 metr bo‘lib, uning o‘limiga nimalar sabab bo‘lgani hozircha aniq emas. Kit jasadi maxsus texnika — ekskavator yordamida konteynerga yuklanib, utilizatsiya qilish uchun tegishli markazga yetkazilgan.

Hozirda o‘lim sababini aniqlash ishlari Hannover veterinariya instituti mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda. Ilk natijalar yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Atlantika “mehmonlari” — Shimoliy dengizda yanada ko‘p uchrayaptimi?

Bukri kitlar asosan Shimoliy Atlantika okeanida yashaydi, biroq ba’zi vaqtlarda ular Shimoliy dengizga ham yuz oladi. 2024 yilning fevral oyida ham bunday holatlar qayd etilgan edi:

avvaliga Zyult orolida 14 metrli kashalot, keyinroq Minzener-Oog orolida yoshroq va ozib ketgan bukri kit jasadi topilgan.

Birinchisi suvdan chiqib, o‘z og‘irligini ko‘tarolmay halok bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisining o‘limiga ichak parazitlari sabab bo‘lgani ma’lum qilingan.

Dengiz faunalari xavf ostidami?

Mutahassislar bunday holatlarni tabiiy omillar, yo‘ldan adashish, ifloslanish, ovqatlanishdagi muammolar va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘lamoqda. Har bir holat alohida tekshiriladi, biroq tez-tez uchrab turishi ekologlar uchun jiddiy signal sifatida baholanmoqda.

Zamin.uz tahririyati Germaniya sohillaridagi bu kabi holatlar ortidan jamoatchilik va tabiat muhofazasi tashkilotlari e’tiborini yanada kuchaytirishni zarur deb hisoblaydi. Dengiz hayvonlari hayoti insoniyatning ekologik mas’uliyati bilan bevosita bog‘liq.

Foto: Bild
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya sohilida yana bir kit jasadi topildi — mutaxassislar o‘lim sababini aniqlayapti