date

Sevinch Mo‘minovadan ajrashgan otalarga yurakni titratgan murojaat!

Sevinch Mo‘minovadan ajrashgan otalarga yurakni titratgan murojaat!

Xonanda Sevinch Mo‘minova navbatdagi intervyusida ajrashgan, ammo farzandlariga beparvo bo‘lib qolayotgan erkaklarga qalbdan chiqqan murojaat bilan chiqdi. U bu so‘zlarni shunchaki maslahat sifatida emas, balki hayotiy tajribasiga tayanib aytganini ta’kidladi.

— “Ajrashib begona bo‘lib ketsangiz ham, u sizdan tug‘ilgan, pushtingizdan bo‘lgan farzand. Ayniqsa qiz farzandning mehringizni ayamang. Albatta o‘g‘il farzand ham. Keyin foydasi bo‘lmaydi. Pushaymon bo‘lasiz. Buni o‘zimning hayotimdan kelib chiqib aytyapman — ko‘rib, bilib yuribman,” — deydi xonanda.

Sevinch Mo‘minovaning ta’kidlashicha, ayrim otalar vaqt o‘tib o‘z qilmishi uchun qattiq afsuslanadi. Ammo o‘sha paytda kech bo‘ladi.

— “Ko‘z yosh ham qilasiz, ichingizni tirnaysiz, vijdon azobida qiynalasiz. Lekin ortga qaytib bo‘lmaydi,” — deydi u dard bilan.

Xonanda farzanddan kechmaslikning nafaqat ma’naviy, balki ruhiy va ilohiy barakasi borligini ham alohida ta’kidladi:

— “Farzandingizga nima qilsangiz ham, Olloh baraka beradi. Pulini ham, mehrini ham ayamagan erkakka Olloh ortig‘i bilan beradi. Rizqingiz yog‘iladi. Bunday erkak qariganda xor bo‘lmaydi,” — deydi u.

Sevinch Mo‘minova so‘zlarini yanada ta’sirli misol bilan yakunladi:

— “Kichkinaligidan mehr ko‘rgan qiz ulg‘aygach: "Onam ajrashgan bo‘lsa ham, otam meni tashlab ketmagan", deb dadasiga jonini beradi. "Dadajon" deb xizmatini qiladi, — deya ko‘zlaridagi hissiyotni yashira olmadi xonanda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Sevinch Mo‘minovadan ajrashgan otalarga yurakni titratgan murojaat!