Turk aktrisasi Neslihan Atagul o‘g‘li Azizning 1 yoshini nishonladi

Mashhur turk aktrisasi Neslihan Atagul o‘g‘li Azizning birinchi tug‘ilgan kunini bayramona tarzda nishonladi. Go‘zal aktrisa ijtimoiy tarmoqlarda ushbu muhim voqeaga oid rasmlarni muxlislari bilan baham ko‘rdi.
Aziz 6 mart kuni 1 yoshga to‘ldi va Neslihan Atagul endi bu xotiralarni ommaga taqdim etdi. Rasmlarda kichkina shahzodaning quvonchli lahzalari, bayram bezaklari va oilaviy iliq muhit aks etgan.
Muxlislar esa Azizni bir yoshga to‘lgani bilan samimiy tabriklab, aktrisa va uning oilasiga iliq fikrlar bildirgan. Ushbu voqea Neslihan Atagulning shaxsiy hayotiga qiziqqan tomoshabinlar uchun ham quvonchli yangilik bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing