Gilles Vidal Stellantis dizaynini qanday o‘zgartiradi

Dizayn olamining yulduzi Gilles Vidal so‘nggi 20 yil ichida Peugeot va Renault brendlarini qayta shakllantirishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Biroq, u endi o‘z faoliyatidagi eng murakkab vazifani o‘z zimmasiga oldi: Stellantis tarkibidagi 10 dan ortiq avtomobil brendlarining dizayn jarayonlariga rahbarlik qilish. Bu haqda Autocar.co.uk xabar beradi.
Vidalning Renault kompaniyasini tark etib, Stellantis Yevropa bo‘linmasiga o‘tishi o‘tgan yilning iyul oyida katta shov-shuvga sabab bo‘lgandi. U Renault 4 va 5 kabi klassik modellarni qayta jonlantirish hamda yangi Twingo loyihasi ustida ishlayotgan bir paytda, bu qaror ko‘pchilik uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi.
Aslida, u Renault Group dizayn rahbari Laurens van den Ackerning vorisi bo‘lishi mumkin edi, ammo u o‘z karyerasini boshlagan PSA Group (hozirgi Stellantis) tarkibiga qaytishni afzal ko‘rdi. Aynan shu yerda u 2010-yildagi SR1 konsepsiyasi va 2017-yildagi Instinct modeli orqali Peugeot brendiga yangi qiyofa baxsh etgan edi.
Vidal hozirgi davrni so‘nggi asrlardagi eng katta inqilob deb ataydi. Uning fikricha, sun’iy intellekt vositalari va zamonaviy texnologiyalar avtomobilsozlik sanoatini tubdan o‘zgartirmoqda. U ishlab chiqarish jarayonlarini yanada samaraliroq qilish va yangi davr talablariga moslashish ustida ishlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!