Kann kinofestivalida yulduzlar qizil gilamda porladi!

Fransiyaning Kann shahrida 12 may kuni 79 Kann kinofestivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir oldidan an’anaviy qizil gilam marosimi tashkil etilib, unda jahon kinosi va moda olamining taniqli vakillari ishtirok etdi.
Bu yilgi qizil gilamda aktrisa Demi Mur eng ko‘p e’tibor tortgan yulduzlardan biri bo‘ldi. Shuningdek, Jeyn Fonda, Natalya va Murad Usmonlar, Poppi Delevin, Jeyms Franko sevgilisi Izabel Pakzad bilan, Filippin Lerua-Bolye, Elayja Vud rafiqasi Mette-Mari Kongsved hamda Joan Kollinz ham marosimda ko‘rinish berdi.

Festivalning rasmiy tanlov hakamlar hay’ati tarkibidan Stellan Skarsgard, Diego Kespedes, Laura Vandel, Park Chan-Vuk, Xloya Chjao, Isaak de Bankole, Rut Negga va Pol Laverty kabi kinoijodkorlar joy olgan.
Kann kinofestivali 23 mayga qadar davom etadi. Festival davomida yangi filmlar namoyishi, yulduzlarning chiqishlari va qizil gilamdagi yorqin obrazlar kino muxlislari e’tiborida bo‘lishi kutilmoqda.
