Barcha sevib eshitadigan "Ismigul" qo'shig'i O'ktam Hakimov hayotini qanchalik o'zgartirgan?

Barcha sevib eshitadigan "Ismigul" qo'shig'i O'ktam Hakimov hayotini qanchalik o'zgartirgan?
Qisqacha

Xonanda O'ktam Hakimov intervyularidan birida mashhur "Ismigul" taronasi uning hayotini qanchalik o'zgartirgani haqida samimiy va hazil aralash xotiralari bilan o'rtoqlashdi. San'atkorning so'zlariga ko'ra, qo'shiq ommalashgan paytlarda Andijon tomonga qilingan gastrol safarlarida odamlar undan aynan shu taronani kuylashni so'rashgan va buning evaziga unga non hamda qurt berishgan. Shuningdek, xonanda "Ismigul" qo'shig'i ortidan ikkita uchastka olganini yashirmagan.

Xonanda O‘ktam Hakimov intervyularidan birida o‘zining mashhur “Ismigul” qo‘shig‘i haqida samimiy va hazil aralash xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. San’atkorning aytishicha, ushbu tarona yillar o‘tsa ham uni muxlislarga yaqin qilib kelmoqda.

Suhbat davomida boshlovchi xonandaga “Ismigul xuddi umr yo‘ldoshingizga o‘xshaydi” deya hazil qilgan. O‘ktam Hakimov esa bunga kulib javob qaytargan va qo‘shiq sabab ko‘plab qiziqarli voqealarni boshidan o‘tkazganini aytib o‘tgan.

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shiq ommalashgan paytlarda Andijon tomonga gastrol safarlarida odamlar undan aynan “Ismigul”ni kuylashni so‘rashgan. “Avtobusdan gitarani olib tushardim, qo‘shiq aytardim. Kimdir non berardi, kimdir qurt berardi”, — deya eslagan san’atkor.

Boshlovchining “haligacha sizni boqib kelyapti” degan gapiga esa O‘ktam Hakimov hazilomuz tarzda “boqsinda” deb javob bergan. Shuningdek, xonanda “Ismigul” qo‘shig‘i ortidan ikkita uchastka olganini ham yashirmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar