Ozoda Nursaidova muxlislarni yangi tarona bilan hayratda qoldirdi (video)

Mashhur xonanda Ozoda Nursaidova o‘zining yangi qo‘shig‘ini muxlislarga taqdim etdi. “Qo‘rqmaydiganlar” nomli tarona 3 aprel kuni premyera qilinib, qisqa vaqt ichida katta qiziqish uyg‘otdi.
Qo‘shiq YouTube platformasiga joylanganiga hali 2 kun ham to‘lmasdan, qariyb 500 mingga yaqin tomosha yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa xonandaning ijodi muxlislar tomonidan hali ham katta qiziqish bilan kuzatilayotganini yana bir bor isbotladi.
“Qo‘rqmaydiganlar” o‘zining mazmuni, jo‘shqin ohangi va chuqur ma’nosi bilan tinglovchilar qalbidan joy oldi. Tarona hayotda qo‘rqmasdan oldinga intilish, o‘z yo‘lidan qaytmaslik g‘oyalarini targ‘ib etadi.
Muxlislar qo‘shiqni iliq kutib olib, ijtimoiy tarmoqlarda faol tarzda fikr bildirishmoqda. Ko‘plab izohlarda xonandaning ijrosi yuqori baholanib, uning har bir yangi loyihasi alohida voqea sifatida qaralayotgani ta’kidlanmoqda.
Shu tariqa, “Qo‘rqmaydiganlar” qisqa vaqt ichida ommalashib, yana bir xit sifatida e’tirof etilishga ulgurdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!