date

Munisa Rizayeva turmush o'rtog'i bilan o'rtasidagi yosh farqi haqida ilk bor ochiq gapirdi

Munisa Rizayeva turmush o'rtog'i bilan o'rtasidagi yosh farqi haqida ilk bor ochiq gapirdi

Xonanda Munisa Rizayeva intervyularidan birida shaxsiy hayoti haqida ko‘pchilik bilmagan ma’lumotni oshkor qildi. San’atkor turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtasida 10 yosh farq borligini aytdi.

Munisa Rizayevaning so‘zlariga ko‘ra, uning turmush o‘rtog‘i xonandadan 10 yosh kichik. “Hech kim bilmaydi, ho‘jayinim mendan 10 yosh kichkina. Bu sizlarga syurpriz”, — deya hazil aralash gapirgan xonanda muxlislarini hayratda qoldirdi.

San’atkor turmush o‘rtog‘ining yosh bo‘lishiga qaramay, hayotda ko‘p narsaga erishganini ham alohida ta’kidladi. U bolaligidan mustaqil yashab, o‘z mehnati bilan katta natijalarga erishgan inson ekanini aytib o‘tdi.

Munisa Rizayevaning ushbu intervyusi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Ko‘plab muxlislar juftlikka baxt va mustahkam oila tilamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Munisa Rizayeva turmush o'rtog'i bilan o'rtasidagi yosh farqi haqida ilk bor ochiq gapirdi