10:12 / 27.02.2019
5 149

«O‘zbekkonsert» direktori: Toshkentda jahon yulduzlarining konsertlari o‘tkazilishi haqida

«O‘zbekkonsert» direktori: Toshkentda jahon yulduzlarining konsertlari o‘tkazilishi haqida
26 fevral kuni «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan so‘z ustalari va qiziqchilar bilan o‘tkazilgan davra suhbatidan so‘ng Kun.uz nashri tashkilot rahbari Odil Abduqahhorovdan intervyu oldi.
U jahon yulduzlarining O‘zbekistonda taqdim etayotgan konsertlari to‘g‘risidagi fikrini bildirib o‘tdi.
«O‘zbekistonga kelishini tasavvur ham qila olmaganimiz jahon yulduzlari tekinga konsert taqdim etishyapti.

Bu konsertlarni o‘tkazish tartibi qanday bo‘ladi, Vazirlar Mahkamasining 354-sonli qarorida belgilangan bandga muvofiq, «O‘zbekkonsert» davlat muassasidan yuqorida turuvchi ayrim organlarning maxsus yig‘ilish bayoni asosida konsert dasturlari o‘tkazilishi mumkin.

Xususiy tadbirkorlar tomonidan konsert o‘tkazilgan hollarida biz ssenariylar bo‘yicha e’tirozlarimiz bo‘lsa aytib, faoliyati uchun bir martalik ruxsatnoma beramiz.
2019 yildan homiylik tartibida o‘tkaziladigan konsertlar bo‘yicha ularning aholiga ta’sirini tahlil qilib, tavsiyalar berishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz», deydi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «O‘zbekkonsert» direktori: Toshkentda jahon yulduzlarining konsertlari o‘tkazilishi haqida