4 006
Xurshid Davron: «Bir paytlar sho‘ro «qahramon»larini olqishlaganlar bir dumalab «Amir Temur»chilarga aylandi»
«O‘zA» saytida shoir Xurshid Davronning buyuk tarixiy shaxs Amir Temur va unga bag‘ishlangan asarlar borasida maqolasi e’lon qilindi. Ijodkor unda Sohibqiron siymosining mustaqillik yillarida yoritilishi haqida ham keng to‘xtalgan.
«Mustaqillik bizga tariximizni xolis va haqqoniy idrok etish, nomlari unutilishga mahkum etilgan ajdodlarimiz haqida to‘laqonli bilish imkoniyatini qaytardi.
Bergan imkoniyatlardan faqat iste’dodli va fidoyi olimu adiblargina emas, butun «ilmiy-ijodiy faoliyati» davomida ulug‘ mutafakkirlarimizni, shu jumladan, Amir Temur va temuriylarni qoralab, ularga qarshi kurashib kelgan olimlik da’vosidagi kimsalar ham unumli foydalandi va foydalanishmoqda.
Bir paytlar kolxozlashtirish yoki gugurt fabrikasi tarixini yozib ilmiy unvon olgan, sho‘ro «qahramon»larini olqishlab uzundan-uzoq she’riy romanlar yozgan ilmu adabiyotdagi flyugertabiat ijodkorlar bir dumalab «Amir Temur»chilarga aylandi, bir umr Amir Temurga qarshi kurashgan olimlarning ayrimlari «Bosh Temurchilar» sifatida tan olindi» deb yozadi muallif.
Xurshid Davronning fikricha, Sohibqiron mavzusi asl ilm va chinakam adabiyot emas, soxta va yolg‘on demagogiya quroliga aylangan. Ayrimlar uchun Temur haqida yozish kun kechirish manbai bo‘lgan.
Shuningdek, ijodkor Amir Temur mavzusini olib chiqishda xolislikka e’tibor bermaydigan teatr rahbarlarini tanqid ostiga olgan.
«Bir nechta teatr rahbarlari mendan Amir Temur haqida pesa yozib berishimni so‘rashdi. Lekin men bu takliflarni rad etishga majbur bo‘ldim. Chunki o‘sha teatrlar rahbarlarining maqsadini juda yaxshi bilaman. Ular Sohibqironni ilohiylashtirib, go‘yoki farishtaga aylantirib yozishimni istaydi. Bu mening shu paytgacha orttirgan tajribalarim, ilmu adabiyot xususidagi tushunchalarimga zid keladi.
Har qanday tarixiy shaxs hayoti va faoliyatini bezamasdan, lof qo‘shmasdan, boricha ko‘rsatishimiz kerak» deb fikrini yakunlagan shoir. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?