Rani Mukerji YRF egasi Aditya Chopra bilan turmush qurgandan keyin o‘zining haqiqiy baxtini topa oldi. Ularning to‘yi Italiyada yashirin tarzda ixchamgina qilib o‘tkazilgan. Albatta, Rani Mukerji o‘zgacha bir iste’dod sohibasi bo‘lgani uchun uning shaxsiy hayotiga ko‘pgina muxlislari qiziqish bildiradi. Turmush o‘rtog‘i Aditya bilan turmushlari baxtiyor bo‘lsada, uning o‘tmishida bir qancha sevgi iztiroblari bilan bog‘liq mish-mishlar bo‘lib o‘tgan.
Aktrisaning Amir Xon bilan ham ishqiy munosabatda bo‘lgani haqida taxminlar yuradi. Bunga javoban Rani "Kechqurungi soat uchda ham yordamga chaqira oladigan insonim bu - Amir Xon edi va men uni do‘st sifatida qadrlayman" -deya izoh bergan.
Yana bir ko‘p tarqalgan mish-mishlardan biri bu- Rani Mukerji va Abxishek Bachchan ishqiy munosabatlaridir. Ularning o‘rtasidagi aloqalar birgalikda o‘ynagan rollaridan keyin yuzaga kelgan.
Aytishlariga qaraganda, Jaya Bachchanning o‘zi ham Ranini kelin qilishni juda xohlagan, biroq bu borada dunyo go‘zali Ayshvariya Rayning omadi kelgan. Ayshvariya va Abxisheklarning to‘yidan so‘ng yuqoridagi ishqiy sarguzashtlar yakun topgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi