4 837
Madaniyat vazirligi Filipp Kirkorovning konsertidagi ochiq kiyimli raqqosalar yuzasidan izoh berdi
Foto: MyDay
18 dekabr, chorshanba kuni Humo Arena’da o‘tgan Rossiya estradasining taniqli vakili Filipp Kirkorovning konsertida chiqish qilgan raqqosalarning ochiq-sochiq kiyimlari ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining e’tirozlariga sabab bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Madaniyat vazirligi ushbu holat yuzasidan izoh berdi.
«Madaniyat vazirligi tizimidagi ‘O‘zbekkonsert’ davlat muassasasi ushbu konsert ssenariysi va qo‘shiqlar mazmuni bilan tanishib chiqqan va e’tiroz bildirmagan;
xususiy tadbirkorlar konsert dasturlarini tashkil etishda yurtimizga gastrol safarlari bilan tashrif buyuradigan san’atkorlarga dasturda kiyinish madaniyati to‘g‘risidagi tushunchani ham berib o‘tishlari lozim, deb o‘ylaymiz;
ushbu konsertdan xulosa qilgan xususiy tadbirkorlarimiz endilikda ushbu jarayonlarning takror bo‘lmasligining oldini oladi degan umiddamiz.
Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda, xalqimizning madaniyati, ma’naviyati va mentalitetimizni inobatga olib, ‘O‘zbekkonsert’ davlat muassasasi bundan keyin har bir konsert dasturidagi kiyinish madaniyatiga ahamiyat berishini bildiramiz», — deyiladi vazirlik xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi