16:53 / 12.09.2020
5 377

«Ming bir kecha» filmida sharq go‘zali Shahrizodani gavdalantirgan aktrisa hayoti qanday kechdi?

«Ming bir kecha» filmida sharq go‘zali Shahrizodani gavdalantirgan aktrisa hayoti qanday kechdi?
Foto: «Rambler»
Tojik rejissyori Toxir Sobirovning «Shahrizodaning yana bir kechasi», «Shahrizodaning yangi hikoyalari», «Shahrizodaning so‘nggi kechasi» filmlarida bosh qahramon rolini ijro qilgan aktrisa Yelena Tonuns haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

1954 yilda Magadanda dengiz ofitserlari oilasida dunyoga kelgan Yelena Konstantinovna Kokalevskaya bolaligida badiiy gimnastika va balet bilan shug‘ullangan, aniq fanlar bo‘yicha musobaqalarda bir necha marta faxrli o‘rinlarni olishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: «Rambler»
1976 yilda Moskva davlat universitetining geologiya fakultetini tamomlagan. Talabalik yillaridayoq u aktrisalik karerasini orzu qilgan.

Foto: «Rambler»
1981 yilda Konstantin Mixaylovning o‘quv kursini tamomlagan. «Ayollarni avaylang» filmidagi roli bilan mashhur bo‘lgan aktrisa bunga qadar epizodik rollar ijro qilgan. Shundan keyin u «Bo‘ron» filmida Galya rolini ijro qilgan. Ammo haqiqiy omad «Ming bir kecha» filmidagi Shahrizoda​ ijrosidan keyin kulib boqqan.

Foto: «Rambler»
Aktrisa 10 yil davomida faol ravishda aktrisalik faoliyatini davom ettirgan, 1990 yilda esa rejissyorlik bo‘yicha tahsil olishga kirishgan. Mustaqil ssenariy yozib «Seni hech qayerga qo‘yib yubormayman», « Bir kuni oqshomda» filmini qayta suratga olgan.

Foto: «Rambler»
90 yillar Tonuns uchun oson bo‘lmagan. Uning farzandi bo‘lmagan va u turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan. 2000 yillar boshida esa teleyekranlarda takror ko‘rinish bera boshlagan.

Foto: «Rambler»
Uning ijrosidagi «Mohirlar», «Ayollar konsultatsiyasi» va boshqa seriallarni tomosha qilish mumkin. Muxlislar uchun Shahrizoda sifatida ma’lum bo‘lgan aktrisa ayni vaqtda 66 yoshda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Ming bir kecha» filmida sharq go‘zali Shahrizodani gavdalantirgan aktrisa hayoti qanday kechdi?