11:26 / 26.10.2020
5 986

Anvar G‘aniyev qo‘shig‘iga Iroda Nosirova suratga olgan klipning «zapret»ga uchragani haqda gapirib berdi (video)

Anvar G‘aniyev qo‘shig‘iga Iroda Nosirova suratga olgan klipning «zapret»ga uchragani haqda gapirib berdi (video)
Foto: «Daryo»
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar G‘aniyev «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Anvar G‘aniyev suhbat davomida aktrisa va jurnalist Iroda Nosirovaning «zapret»ga uchrashi natijasida «Qadringga yetmadim, malikam» klipi ham «zapret»ga tushgani haqida gapirib berdi.

- «Qadringga yetmadim, malikam» degan qo‘shig‘im bor, hozirgacha ham bu qo‘shiqni ko‘p odamlar so‘rashadi. Irodaxon «Shu klipni men olay, birinchi klipmeykerlik ishim» dedilar va klipni juda ham chiroyli oldilar. Ularning xolalari Madina Muxtorova hamda aktyor Hojiakbar Komilov videoklipda bosh rollarni ijro etishdi.

Chiroyli klip bo‘ldi. O‘sha paytlarda Iroda Nosirova «zapret»ga tushib qolgan ekanlar, klip olish jarayoni ham o‘sha vaqtga to‘g‘ri kelgan ekan.
Videoklip badiiy kengashga kirganda Iroda Nosirovaga qarshi bo‘lgan kimlardir klipimni ham «zapret» qilib yuborgan. Shu bilan bu klip ham efirga ketmadi. Keyin odamlar ko‘rsin deb klipni diskka chiqarishga majbur bo‘ldik.

Videoklipimiz efirlarga ketmagan bo‘lsa ham mashhurlikka erishdi, hammasi Allohdan. Allohga behisob shukrlar bo‘lsin
, - deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar G‘aniyev.

Ma’lumot uchun, Anvar G‘aniyev «O‘zim hofiz sevgan yorim to‘yida», «Oh sevaman», «Malikam», «Armon», «Ko‘nglim», «Sog‘indim», «Jayron» singari ko‘plab qo‘shiqlari muxlislar orasida ommalashgan. Xonanda 2017 yilda Xalqlar do‘stligi san’at saroyida «Kutganim» deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini ham taqdim etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Anvar G‘aniyev qo‘shig‘iga Iroda Nosirova suratga olgan klipning «zapret»ga uchragani haqda gapirib berdi (video)