13:25 / 25.05.2021
4 791

Ozodbek Nazarbekov aktyor Alisher Uzoqovning Prezidentga qilgan murojaatidagi masala bo‘yicha munosabat bildirdi


Foto: Madaniyat vazirligi axborot xizmati
Aktyor, rejissyor Alisher Uzoqov Ma’murjon Uzoqov nomidagi Marg‘ilon milliy istirohat bog‘idan bobosining nomi olib tashlangani, bu unga juda qattiq ta’sir qilgani haqida gapirib, ushbu masala yuzasidan Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llagandi.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 24 may, dushanba kuni «Toshkent 5 tashabbus harakati» yoshlar festivali doirasida OAV vakillariga bergan intervyusida Alisher Uzoqov ko‘targan masalaga nisbatan o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

«Marg‘ilondagi bog‘ masalasi haqida gapiradigan bo‘lsam, u o‘z davrida choyxonalar bilan bezalgan bir bog‘ bo‘lgan. Hozirgi kunda esa mutlaq o‘zgargan, yangidan barpo qilingan. Bugungi zamon darajasida jihozlangan, umuman, boshqa bog‘ yaratilgan. Bog‘ning ichida Erkin Vohidov ijod maktabi va Erkin Vohidov muzeyi joylashgan. Shu bois bugun bog‘ni Ma’murjon Uzoqov nomiga qaytarish uchun mazmunini butunlay o‘zgartirish kerak, bog‘ni qaytadan reforma qilish va boshqa ishlarni amalga oshirish lozim.

Ma’murjon Uzoqovni ham o‘zbek xalqining faxrli bir san’atkori sifatida hammamiz tan olamiz. Erkin Vohidov ham, Ma’murjon Uzoqov ham darg‘alarimizdan biri. Bu yil Ma’murjon Uzoqov yubileyini nishonlash rejalashtirilgan. Ayni paytda Madaniyat vazirligi Ma’murjon Uzoqovning nomini abadiylashtirish maqsadida bir qancha takliflar tayyorlayapti. Hukumatga va Prezident Administratsiyasiga shu takliflarimizni kiritamiz. Balki biror ta’lim muassasasiga Ma’murjon Uzoqov nomini berarmiz. Bu bo‘yicha rejalar qilyapmiz. O‘ylaymanki, taklifimizni hukumatimiz qo‘llab-quvvatlaydi, hech kim bu fikrimizga qarshi chiqmaydi. Bu masala ham o‘z yechimini topadi, albatta.

Hozir bog‘ga Ma’murjon Uzoqov nomini qaytarish ham katta ish talab qiladi. Bog‘ ichida yuqorida aytganimdek, Erkin Vohidov bilan bog‘liq juda katta muassasa turibdi. Ularni bog‘dan chiqarib tashlash ortiqcha mehnat va ish bo‘ladi. Menimcha, bu borada ortga qaytmaslik kerak. Lekin boshqa yechimini topish lozim. Bu bo‘yicha hozir harakatlarimiz ketyapti», — dedi Nazarbekov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekov aktyor Alisher Uzoqovning Prezidentga qilgan murojaatidagi masala bo‘yicha munosabat bildirdi