Foto: Instagram / @tubabustun.official
Mashhur aktrisa Tuba Buyukustun Turkiyadagi vakil sifatida Dior brendi bilan shartnoma imzoladi, deb yozadi «RusTurkey.com».
Xabarlarga ko‘ra, Tuba Buyukustun uzoq muzokaralardan keyin unga taklif qilingan shartnomani imzoladi. Endilikda u ham reklama kompaniyasida ishtirok etadigan Gollivud yulduzlari bilan birga Dior brendining yuziga aylandi. Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa taniqli fransuz brendi bilan hamkorlik qilishga darhol rozi bo‘lmagan. Bunga sabab esa uning ish yuzasidan o‘ta bandligi edi.
Buyukustunning muxlislari aktrisaning reklama kompaniyasida ishtirok etishi haqidagi xabarni mamnuniyat bilan qabul qildi, chunki u jahonga mashhur brendning vakili obraziga mukammal tarzda mos keladi.
Eslatib o‘tamiz, Tuba «Emmi» mukofotiga nomzod bo‘lgan birinchi turk aktrisasi. 2018 yilda Tuba Turkiyaning eng yaxshi uchta aktrisasining biri deb tan olingan. Modellik faoliyati bilan ham shug‘ullanuvchi aktrisa o‘zbek tomoshabinlariga «Arg‘uvonlar ostida», «Osiyo», «Pul va gul ishqi», «Jasur va go‘zal» hamda «Elchining qizi» seriallaridagi obrazlari orqali tanish. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi