Gollivud aktrisalarining kutilmagan obrazda namoyon bo‘lishi ko‘p bora kuzatilgan. Quyida ularning bir nechtasini taqdim etamiz.
Mishel Pfayffer
Foto: Grazia
«Yulduzli chang »filmida ishlagan vizajistlar qancha urinsa ham Mishel Pfayfferning go‘zalligini berkita olmadi. Ha, Mishel qarigan kampir sifatida qayta tug‘ildi, lekin uning istarasini hatto sahna bo‘yoqlarning qalin qatlami ostida ham yashirib bo‘lmadi. Aktrisa ushbu kartinada jodugar rolini qoyilmaqom tarzda ijro etgan.
Kristina Richchi
Foto: Grazia
«Penelopa» filmida Kristina Richchi tomoshabinlar oldida cho‘chqa burni bilan paydo bo‘ldi. Kartinaning syujetiga ko‘ra, Penelopaning burnini ko‘rgan malika deyarli dahshatdan hushidan ketib qoladi. Lekin aktrisa bu shaklda ham juda yoqimtoy ko‘ringan.
Sharliz Teron
Foto: Grazia
«Monstr» dramasini suratga olish uchun Sharliz Teron qo‘shimcha vazn yig‘di va sochlarini ham o‘zgartirdi. Aktrisa film uchun dahshatli ko‘rinish hosil qilishi kerak edi. Serialda qotil rolini ijro qilgan aktrisa ijrosi uchun «Oskar» bilan taqdirlangan. Intervyuda yulduz go‘zal obrazlardan ko‘ra xunukroqlarini o‘ynashni yoqtirganini tan oldi, shuning uchun u ikkilanmasdan «Oppog‘oy va ovchilar» va boshqa filmlarda ham haqiqiy o‘zgarish mahoratini namoyish etdi.
Emma Tompson
Foto: Grazia
«Mening qo‘rqinchli enagam» filmida ingliz aktrisasi Emma Tompsonni tanib olish qiyin. Katta burun, chiqib turgan tish: u chindan ham unchalik yoqimtoy bo‘lmagan, ammo enaga rolini mahorat bilan ijro etgan.
Ember Xerd
Foto: Grazia
«Zombilendga xush kelibsiz» filmida Ember Xerd odam go‘shti bilan oziqlanadigan Zombi rolini ijro etgan. Go‘zal aktrisani mohirona grimdan so‘ng darrov tanib olish qiyin.
Mila Kunis
Foto: Grazia
Sohibjamol aktrisa Mila Kunis «Oz: buyuk va qo‘rqinchli» filmida jodugar Teodora rolini o‘ynagan. Qizig‘i shundaki, aktrisa bo‘yanish uchun ko‘p vaqt sarflamadi, chunki qahramonining kiyimlari yopiq edi va butun tanani yashil rangga bo‘yashga hojat bo‘lmadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi