20:19 / 13.11.2021
1 957

Priyanka Chopra Bvlgari’ning Dubaydagi taqdimoti uchun qanday obraz tanladi?

Priyanka Chopra Bvlgari’ning Dubaydagi taqdimoti uchun qanday obraz tanladi?
Italiyaning mashhur Bvlgari brendi 2021 yilning yozida Priyanka Choprani yangi maxsus vakili deb e’lon qilgandi.

Foto: Elle
Aktrisa allaqachon vakil sifatida faoliyatini boshlab yuborgan va bir qancha tadbirlarda brend nomidan ishtirok etgan. Shu jumladan, u Bvlgari’ning shayx xonim Fatima bint Xazza ben Zaid Al Nahayyan bilan hamkorlikdagi Jannah zargarlik buyumlari kolleksiyasining taqdimotida ham qatnashgan.

Foto: Elle
Priyanka unda ishtirok etish uchun Hindistondagi Divali bayramidan so‘ng Dubayga uchib ketgan. Aktrisaning marosim uchun tanlagan obrazi o‘ziga xosligi bilan e’tibor jalb qilgan.

Foto: Elle
Hamkorlik asosida yasalgan taqinchoqni tanlagan Chopra xonim obraz borasida mashhur stilist Lou Rouchga murojaat qilgan. U Priyanka uchun arxitektura namunasiga o‘xshaydigan Benchella brendi libosini afzal bilgan. Bichimi noaniq bo‘lgan sabzirang libos kapyushonli kimononi esga soladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Priyanka Chopra Bvlgari’ning Dubaydagi taqdimoti uchun qanday obraz tanladi?