21:11 / 14.11.2021
5 427

Avaz Oxun hokimning ustidan kulgani uchun tungi uch yarimgacha latifa aytgani haqida (video)

Avaz Oxun hokimning ustidan kulgani uchun tungi uch yarimgacha latifa aytgani haqida (video)
Foto: «Daryo»
Qiziqchi Avaz Oxun «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Suhbat davomida Avaz Oxun tuman hokimini kuldiraman deb, xafa qilib qo‘ygani, hokimning kayfiyatini ko‘tarish uchun tungi 03:30 gacha latifa aytishga majbur bo‘lgani haqida gapirib berdi.

- "Kuldiraman deb, hokimni xafa qilib qo‘yganman. Qaysi tumanning hokimi ekanini aytmayman. Tumanda bayram tugaganidan so‘ng, hokim buva kechki soat birlarda «torimni olib kel», deb qo‘shiq aytishni boshladilar.

Ularning qo‘shiq aytish usuli menga g‘alatiroq tuyuldi. Maqomni so‘zini bilmagan odam, maqomni hokim aytayotgandek g‘alati tushunar ekan. Kechasi soat birlardan oshgani uchun davradagilar mudrab o‘tiribdi, mening ham ko‘zim ketib qolib, ko‘zimni ochib «hokim buva bu qo‘shiqning so‘zi ham bormi», dedim. Bu gapimni eshitgan, davrada o‘tirgan hamma odam kulib yubordi.

Hokim torni yoniga qo‘yib, jahli chiqib ketib, «san’atkor bo‘lib turib, san’atni tushunmasanglar qanaqa odamsizlar, men Navoiyning g‘azalini aytyapman», dedilar. Hokim Alisher Navoiyning g‘azalini aytayotgan ekan. U vaqtlarda yosh bola edim, haqiqatan tushunmaganman. Xorazm, Qoraqolpog‘iston tomonlarning katta ashulalarini rostdan ham tushunmaganman. Keyin u hokimning kayfiyatini ko‘taraman, deb kechki 03:30 gacha latifa aytishga to‘g‘ri kelgan
", - dedi Avaz Oxun.

Ma’lumot uchun, Avaz Oxun 1983 yil, 27 aprelda Andijon viloyati Asaka tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat San’at va madaniyat institutini tugatgan. 2014 yil «Turkiston» san’at saroyida «Yangisini eshitdingizmi», Xalqlar do‘stligi san’at saroyida 2015 yil «O‘zimizning gaplar», 2016 yil «Samimiy kulgi», 2017 yil «7 dan, 70 gacha», 2018 yil «Yangisi yangida», 2019 yil «O‘zbekcha kulgi», 2020 yil Zo‘r TV kanalida harbiylar uchun konsert dasturlarini taqdim etgan. 2021 yil «Kulgilaringizni sog‘indim» konsert dasturini taqdim etish arafasida. Oilali, to‘rt farzandning otasi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Avaz Oxun hokimning ustidan kulgani uchun tungi uch yarimgacha latifa aytgani haqida (video)