Prezidentning “Yerosti chuchuk suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, mamlakatda qishloq xo‘jaligi va sanoatni jadal rivojlantirish yerosti suvlariga ehtiyoj keskin ortishiga olib kelib, bu suv resurslaridan oqilona foydalanish tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bugungi kunda ayrim hududlardagi yerosti suvlari sathi ko‘p yillik o‘rtacha me’yordan 5 metr va undan ortiq pasayib, ular resurslari kamayib ketishi kuzatilmoqda.
Sohaga oid ruxsat beruvchi tartib-tamoyillar keskin soddalashtirilgani va shaffoflashtirilgan bo‘lishiga qaramasdan, yerosti suvlariga quduqlar ruxsatsiz burg‘ilanishi va suvdan nazoratsiz, hisobsiz foydalanish holatlari davom etmoqda. Davlat geologiya qo‘mitasi hududiy gidrogeologiya stansiyalari tomonidan 1200 dan ortiq yerosti suvlariga ruxsatsiz burg‘ilash va ulardan foydalanish holati aniqlangan.
Bildirilishicha, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, soha mutaxassislarining yerosti suvlari monitoringi natijalariga asosan so‘nggi yillarda Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlari ayrim hududlarida yerosti suv sathi 5 metrgacha va undan ortiq pasayib ketgan hamda mazkur jarayon davom etyapti.
Holatni nazorat qilish va tartibga solishda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va jarayonlarni masofadan boshqarish usullarini tatbiq qilish ortda qolmoqda, bunda jamoatchilik nazoratidan keng foydalanish mexanizmlari yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagan. Sohaga oid xalqaro tajribani o‘rganish, mutaxassislar malakasini oshirish va ilg‘or zamonaviy yechimlarni joriy qilish ham alohida o‘rin egallashi zarur. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi