
O‘zbekistonning Gretsiyadagi elchisi Abat Fayzullayev rasmiy faoliyatini boshladi. Afina shahrida u Gretsiya prezidenti Konstantinos Tasulasga ishonch yorlig‘ini topshirdi.
Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi. Qisqa suhbat davomida Gretsiya prezidenti O‘zbekiston rahbariyatining muvozanatli diplomatiyasini yuqori baholadi.
U bunday siyosat mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash va xalqaro ishonchni oshirishga muhim hissa qo‘shayotganini ta’kidladi. Tasulasning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilgan.
Siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada kengaytirish uchun ajoyib imkoniyatlar yaratilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.