date

Dekabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

Dekabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

Dekabr oyi qanday kechishi haqidagi dastlabki taxminlar ma’lum qilindi. O‘zgidromet joriy yilning dekabr oyi normaga nisbatan biroz issiqroq bo‘lishi kutilganini ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qishning ilk oyida o‘rtacha oylik harorat odatiy ko‘rsatkichdan 1–1,5 daraja yuqori bo‘ladi.

Birinchi o‘n kunlikda havo asosan kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi esa 10–15 daraja atrofida iliq turadi. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda harorat yanada o‘zgaruvchan bo‘ladi — kechasi 2–7 daraja iliqdan 0–5 daraja iliqqa tushib, kunduzi 12–17 daraja iliqdan 2–7 daraja iliqqacha pasayib turadi. Yog‘ingarchilik miqdori esa oy davomida normaga yaqin yoki undan kam bo‘lishi kutilmoqda.

Yanvar oyiga kelganda, umumiy manzara normaga yaqin saqlansa-da, ayrim hududlarda harorat biroz sovuqroq bo‘ladi. Birinchi va ikkinchi o‘n kunliklarda harorat katta diapazonda tebranadi: kechasi 3–8 daraja iliqdan 3–8 daraja sovuqqacha, kunduzi esa 10–15 daraja iliqdan 2 daraja sovuq va 3 daraja iliqqacha o‘zgaradi. Uchinchi o‘n kunlikda esa keskin anomal sovuqlar kutilmoqda: ko‘pchilik hududlarda kechasi 12–17 daraja sovuq, kunduzi 5–10 daraja sovuq bo‘ladi. Nukus va Urganch tomonlarida esa harorat kechasi 20–25 darajagacha tushishi mumkin.

Fevral oyi ko‘p yillik normalarga yaqin kechishi kutilmoqda. Birinchi o‘n kunlikda anomal sovuqlar yana davom etib, kechasi 5–10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq va 2 daraja iliq bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda esa havo sezilarli ravishda iliydi — kechasi 2–7 daraja sovuqdan 3–8 daraja iliqqacha, kunduzi 0–5 daraja iliqdan 10–15 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Janubiy hududlarda esa kunduzgi harorat 15–20 darajagacha yetib, fevral oyi yana bahor kayfiyatini berishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dekabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi?