date

Xitoyga kirish tizimi yangilanib, sayyohlar uchun ancha yengillashdi

Xitoyga kirish tizimi yangilanib, sayyohlar uchun ancha yengillashdi

2025-yil 20-noyabrdan boshlab Xitoyga borayotgan xorijliklar uchun muhim yangilik amalga kiritildi: endi mamlakatga kirish kartalarini raqamli shaklda to‘ldirish imkoni yaratildi. Bu haqda “Aerotur” ma’lumot tarqatdi.

Yangilangan raqamli tizimning maqsadi – chet el fuqarolari uchun kirish jarayonini ancha soddalashtirish. Sayohatchilar shaxsiy ma’lumotlarini parvozdan oldin s.nia.gov.cn orqali yoki Xitoyga qadam qo‘ygach ham onlayn tarzda kiritishi mumkin. Ariza tasdiqlanishi bilan maxsus QR-kod hosil bo‘ladi va pasport nazoratidan o‘tishda shu kodni ko‘rsatishning o‘zi yetarli bo‘ladi.

Shu bilan birga, xohlovchilar uchun oddiy qog‘oz kartalar ham saqlanib qoladi — istaganlar ularni aeroportda an’anaviy usulda to‘ldirishi mumkin. Elektron shakl esa turistlar, xizmat safaridagi mehmonlar, taklifnoma bilan keluvchilar va viza orqali ham, vizasiz tartibda ham kiruvchilar uchun majburiy hisoblanadi.

Faqat tranzit yo‘lovchilar va rasmiy hukumat delegatsiyalari elektron kartani to‘ldirishdan ozod etilgan.

Mutahassislarning ta’kidlashicha, raqamli kirish kartasining asosiy afzalligi — tezkorlik. QR-kod 24 soat amal qiladi, shuning uchun uni oldindan olib qo‘yish shart emas: safar vaqtiga yaqin ham to‘ldirish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyga kirish tizimi yangilanib, sayyohlar uchun ancha yengillashdi