
5-7 noyabr kunlari Toshkent viloyati tog'larida qor ko'chishi xavfi e'lon qilindi. Bu haqda O'zgidromet xabar berdi.
Havo haroratining o'zgarishi sababli Bostanliq, Ohangaron va Parkent tumanlari hududlarida, dengiz sathidan 2000 metrdan yuqori balandliklarda (Chatqol tog' tizmasi) qor ko'chishi xavfi yuzaga kelgan. Tog' hududlarida yashovchi aholi, sayyohlar va tog'larga yo'l olgan haydovchilardan ehtiyotkorlikni oshirish va xavfli hududlardan chetda bo'lish so'raladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar