
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Manuel Ugarte qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bosh murabbiy Ruben Amorim urugvaylik futbolchini «qizil iblislar»ning asosiy tarkibida ko‘rmayapti.
Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko‘ra, «Galatasaroy», «Lion» va «Napoli» yarim himoyachini ijaraga olish ustida ishlamoqda. Shuningdek, «Yuventus», Madridning «Atletiko»si, «Marsel», «Aston Villa» va «Nyukasl» ham vaziyatni kuzatib bormoqda.
«Manchester Yunayted» Manuel Ugarteni sotishdan taxminan 45–50 mln funt sterling (51–57 mln yevro) ishlab olishni mo‘ljallamoqda. Transfermarkt esa 24 yoshli futbolchining qiymatini 30 mln yevroga baholagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.