
«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes jamoasi La Liganing joriy mavsumida chempionlik poygasida favorit hisoblanadimi, degan savolga javob berdi. Kataloniyaliklar 18 turdan so‘ng 46 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi va Madridning «Real» klubini to‘rt ochkoga ortda qoldirmoqda.
«Menga “asosiy favorit” degan yorliqlar bilan bog‘liq gaplar yoqmaydi. Boshqa jamoalar bilan taqqoslashni ham xush ko‘rmayman.
Biz hech kimga qarab ish tutmaymiz — shunchaki imkon qadar yaxshi o‘ynashga harakat qilamiz. Albatta, “Real” — bizning asosiy raqibimiz, ammo agar o‘z darajamizda qolib, hammasini to‘g‘ri qilishda davom etsak, natijalar albatta keladi», — deya Fermin so‘zlarini Barca Universal keltirdi.
3 yanvar kuni «Barselona» safarda «Espanyol»ga qarshi o‘ynaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.