
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tibbiyot sohasidagi muammolarni tahlil qilib, bu borada dolzarb masalalarni ko‘tardi. Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tahlillar natijasida so‘nggi besh yil ichida oshqozon-ichak kasalliklari 1,5 barobarga kamaygani qayd etilgan, ammo Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmagan.
Yakkabog‘ tumanida murojaatlarning 33 foizi oshqozon-ichak kasalliklari bilan bog‘liq. G‘uzor tumanida bu ko‘rsatkich 29 foiz, Koson va Mirishkor tumanlarida esa 25 foizni tashkil qiladi.
Shifokorlar, xususan, bolalarga antibiotiklarni nazoratsiz buyurishgani uchun tanqid qilindi. Qishloq hududlarida tibbiyot xodimlarini o‘qitish ishlari sust ketmoqda.
Shuningdek, aholining buyrak kasalliklari bilan bog‘liq muammolari ham o‘rtaga tashlandi. Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida buyrak kasalliklarining ulushi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 40-50 foizga yuqori ekani qayd etilgan.
Ma’muriyat urologiya va nefrologiya markazlariga joylarda kengroq tushuntirish ishlarini olib borishni topshirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar