
“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski kelajagi haqida fikr bildirdi. Futbolchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi yarim yildan keyin yakunlanadi.
Kelishuvni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar hozircha olib borilmayapti. “Qaror qabul qilish uchun vaqtim bor.
Hozircha kelajakda qayerda o‘ynashni xohlashimni bilmayman. Qayerga borib qolishimni ham bilmayman, ammo hech qanday bosim yo‘q.
Ko‘p narsa klubning rejalari va o‘zimning istagimga bog‘liq bo‘ladi”, — jurnalist Fabritsio Romano yulduz polshalik futbolchining so‘zlarini keltirdi. Robert Levandovski 2022 yil yozidan beri “Barselona” safida o‘ynab kelmoqda.
Kelasi yil avgust oyida hujumchi 38 yoshga to‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.