date

Inter xorvat futbolchi uchun Barselona va Realni ortda qoldirmoqchi

Inter xorvat futbolchi uchun Barselona va Realni ortda qoldirmoqchi
Xorvatiyaning «Hayduk» klubida to‘p surayotgan 18 yoshli yarim himoyachi Branimir Mlachich Milan «Inter»ining qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda Gazzetta dello Sport jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «neradzurrilar» futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Mlachich xizmatlariga Kataloniyaning «Barselona»si, Madridning «Real»i, «Nyukasl» hamda Dortmundning «Borussiya»si ham qiziqish bildirmoqda.

Xorvat futbolchisining bozor qiymati 4 million yevroga baholanmoqda. Mlachichning amaldagi shartnomasi 2029 yil yozida yakunlanadi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter xorvat futbolchi uchun Barselona va Realni ortda qoldirmoqchi