Vaskes: "Bayer" futbolchilari mendan "Real" haqida so'raydi

Leverkuzenning "Bayer" klubida o'ng qanot himoyachisi bo'lib o'ynayotgan Lukas Vaskes hozirgi jamoadoshlari undan Madridning "Real"i haqida tez-tez so'rashini aytdi. Ispaniyalik futbolchi uzoq yillar "qaymoqranglilar" safida to'p surgan, o'tgan yozda esa Germaniyaga ko'chib o'tgan.
"Bayer" futbolchilari haqiqatan ham mendan "Real" haqida so'raydi. Tashqaridan hamma ko'rib turibdi: "Real" — dunyodagi eng yirik klub", — deya 34 yoshli futbolchining so'zlarini Diario AS keltirdi.
Lukas Vaskes "farmatsevtlar" safida olti uchrashuv o'tkazib, bitta golli uzatma muallifi bo'ldi. Avval vinger pozitsiyasida ham o'ynagan qanot himoyachisi "qirollik" klubi safida 400 dan ortiq o'yinda maydonga tushgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"Bayer" futbolchilari haqiqatan ham mendan "Real" haqida so'raydi. Tashqaridan hamma ko'rib turibdi: "Real" — dunyodagi eng yirik klub", — deya 34 yoshli futbolchining so'zlarini Diario AS keltirdi.
Lukas Vaskes "farmatsevtlar" safida olti uchrashuv o'tkazib, bitta golli uzatma muallifi bo'ldi. Avval vinger pozitsiyasida ham o'ynagan qanot himoyachisi "qirollik" klubi safida 400 dan ortiq o'yinda maydonga tushgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…