
«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski Polsha terma jamoasidagi muammolari haqida savolga javob berdi. «Ko‘p yillar davomida milliy terma jamoadagi sheriklarim klublardagi hamkorlarim bilan bir xil darajada o‘ynashini kutganman.
Bu mening xatoim edi va buni faqat vaqt o‘tib angladim. Kapitan hammaning ko‘ngliga yoqmaydi — u kimdir nimadandir norozi bo‘lsa ham, yo‘nalish berishi kerak», — deya The Touchline 37 yoshli futbolchining intervyusidan iqtibos keltirdi.
Robert Levandovski Polsha terma jamoasi safida 163 o‘yinda 88 ta gol urgan. Hujumchi 2008 yilda debyut qilgan.
Eslatib o‘tamiz, polshaliklar JCh-2026ga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma ola olmadi, biroq pley-off orqali mundialga chiqish imkoniyati saqlanib qolgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.