date

"Manchester Yunayted" "Nyukasl"ga qarshi antirekord qayd etdi

"Manchester Yunayted" "Nyukasl"ga qarshi antirekord qayd etdi
"Manchester Yunayted" juma kuni APL doirasida "Nyukasl"ni minimal hisobda mag'lub etdi (1:0). Ruben Amorim jamoasi 24-daqiqada Patrik Dorgu urgan gol evaziga uch ochkoni qo'lga kiritdi.

BBC xabariga ko'ra, "qizil iblislar" to'pga atigi 33,4% vaqt egalik qildi — bu klub uchun 2023 yil yanvaridan beri APLdagi eng past ko'rsatkich. O'shanda "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda bu raqam 29,4% bo'lgan.

"Nyukasl" esa, aksincha, bir o'yindagi uzatmalar soni bo'yicha mavsumdagi shaxsiy rekordini o'rnatdi — 621 ta pas. G'alabadan so'ng "Manchester Yunayted" turnir jadvalida beshinchi o'ringa ko'tarildi, "Nyukasl" esa 11-pog'onada bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Manchester Yunayted" "Nyukasl"ga qarshi antirekord qayd etdi