date

O'zbekistonliklar ko'proq nimani sug'urtalaydi?

O'zbekistonliklar ko'proq nimani sug'urtalaydi?
O'zbekistonda sug'urta xizmatlari hajmi 2025-yilning o'n oyida 10 trillion so'mni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Milliy statistika qo'mitasi. Bu o'tgan yilga nisbatan 2,6 trillion so'mga ko'pdir.

O'zbekistonliklar asosan avtomobillar, mol-mulk va baxtsiz hodisalardan sog'lig'ini sug'urta qilishni afzal ko'rmoqda. Ushbu yo'nalishlar jami sug'urta bozorining 81,5 foizini egallaydi.

Aksincha, hayotni sug'urta qilish kam talabga ega bo'lib, bu yo'nalish bozorning atigi 4,3 foizini tashkil etmoqda. Qolgan 14,2 foiz esa qayta sug'urtalash xizmatlariga to'g'ri keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O'zbekistonliklar ko'proq nimani sug'urtalaydi?