Ertaga ayrim hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- O'zgidromet 15 yanvar kuni respublikaning ayrim hududlarida yomg'ir va qor yog'ishini ma'lum qildi.
- Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi, shamol 3–8 m/s, 10–12 m/s gacha kuchayishi mumkin, havo harorati kechasi 6–8° iliq, kunduzi 11–13° iliq bo'ladi.
- Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda yomg'ir va qor yog'ishi, shamol 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
O‘zgidromet ertaga, 15 yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatilishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol kuchayishi ehtimoli xam bor.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 3–8 m/s, 10–12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6–8° iliq, kunduzi 11–13° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s, ayrim joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 0–5° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol 7–12 m/s, ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3–8° iliq, kunduzi 5–10° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7–12 m/s esadi, ayrim joylarda 15–20 m/s gacha. Harorat kechasi 4–9° iliq, kunduzi 10–15° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7–12 m/s esadi. Harorat kechasi 5–10° iliq, kunduzi 8–13° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 5–10 m/s. Harorat kechasi 2° sovuq–3° iliq, kunduzi 5–10° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2° sovuq–3° iliq, kunduzi 4–9° iliq bo‘ladi.






























Izohlar 0
…