date

Tramp: Eronga yangi rahbariyat kerak bo‘lib qoldi

Tramp: Eronga yangi rahbariyat kerak bo‘lib qoldi

AQSH prezidenti Donald Tramp Politico nashriga bergan intervyusida Eronda hokimiyatni yangilash vaqti kelganini bildirdi. U Eron rahbarini keskin tanqid qilib, uni “kasal” deb atadi hamda mamlakatdagi og‘ir ahvolni samarasiz boshqaruv oqibati sifatida baholadi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, noto‘g‘ri siyosat va zaif rahbarlik tufayli Eron bugun dunyodagi eng nofarovon davlatlardan biriga aylangan. U mavjud boshqaruv tizimi Eron xalqining farovon hayot kechirishiga to‘sqinlik qilayotganini ta’kidladi.

Nashr ma’lum qilishicha, mazkur bayonotlar Eron oliy rahbari Ali Xamenai nomidan X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida joylangan tanqidiy postlar ortidan aytilgan. Ushbu postlarda Donald Tramp Eron xalqiga yetkazilgan qurbonlar va vayronagarchilik uchun aybdor sifatida ko‘rsatilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: Eronga yangi rahbariyat kerak bo‘lib qoldi