Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonning bir qator hududlarida ham sezildi

Qirg‘iziston Respublikasida sodir bo‘lgan yer qimirlashi (zilzila) O‘zbekistonga ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 17 yanvar kuni soat 15:17 da Qirg‘iz Respublikasi hududida seysmik silkinish qayd etilgan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 214 km janubiy-sharqda joylashgan.
Mutaxassislar keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra:
Magnituda: 1,9
Chuqurligi: 5 km
Epitsentr: Botken, Qirg‘iz Respublikasi
Koordinatalari: 40,13 daraja shimoliy kenglik, 71,26 daraja sharqiy uzunlik
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi ham qayd etildi. Xususan, So‘x tumanida 2 ball, 21 km masofada zilzila ta’siri sezilgani bildirildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing