date

ChatGPT’ga reklama kiryapti: bepul versiya va ChatGPT Go‘da ko‘rinadi

ChatGPT’ga reklama kiryapti: bepul versiya va ChatGPT Go‘da ko‘rinadi

OpenAI yaqin haftalarda ChatGPT chat-botida reklama bo‘yicha testlar boshlanishini ma’lum qildi. Kompaniyaning rasmiy bayonotiga ko‘ra, reklama bepul versiya hamda ChatGPT Go tarifida ko‘rsatiladi, ammo Plus, Pro, Business va Enterprise obunachilari uchun ChatGPT odatdagidek reklamasiz qoladi.

OpenAI bu qadamni juda oddiy tushuntiryapti: reklama orqali tushadigan daromad yangi va yanada kuchli sun’iy intellekt modellarini ishlab chiqish, infratuzilma va xizmatni kengaytirish xarajatlarini qoplashga yordam beradi. Ya’ni, bepul (yoki arzonroq) kirish imkoni saqlanishi uchun kompaniya yangi moliyalashtirish yo‘lini ochmoqda.

Eng ko‘p berilayotgan savol — “xo‘p, mening yozishmalarim-chi?” OpenAI ta’kidlashicha, foydalanuvchilarning yozishmalari va shaxsiy ma’lumotlari reklama beruvchilarga sotilmaydi va taqdim etilmaydi. Reklamalar esa javoblardan alohida ko‘rinishi, ya’ni “reklama qayerda, ChatGPT javobi qayerda” degan chegara aniq bo‘lishi aytilgan.

Kompaniya hozircha reklama “tirik” holda hammaga chiqib ketganini aytmayapti — ma’lumotlarga ko‘ra, avval AQSHdagi katta yoshli (18+) Free va Go foydalanuvchilari orasida test qilinadi. Shundan keyin kengayish-kengaymasligi alohida qaror qilinadi.

Qisqasi, voqea shunday: kim ChatGPT’dan tekin yoki arzonroq foydalanmoqchi bo‘lsa, reklama ko‘rishi mumkin. Kim reklama umuman kerak emas — Plus/Pro/Business/Enterprise (va ayrim manbalarga ko‘ra Edu) tomonda hech narsa o‘zgarmaydi.

Kelajak uchun signal esa bitta: AI xizmatlari “bepul abadiy” formulasida emas. Lekin yaxshi tomoni — OpenAI bunda ishonch masalasini alohida urg‘ulab, reklama javobga aralashmasligi va shaxsiy ma’lumotlar reklamachilarga chiqmasligini ochiq aytib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » ChatGPT’ga reklama kiryapti: bepul versiya va ChatGPT Go‘da ko‘rinadi