
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlament va xalqga murojaatida, kelasi yilni mahalla rivoji va jamiyat yuksalishi yili deb eʼlon qildi. Yangi yil uchun belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida maxsus davlat rejasi qabul qilinadi.
Unda 9 mingdan ortiq mahallalarni rivojlantirish choralari koʻzda tutilgan boʻlib, ularni totuvlik, adolat va tarbiya maskanlariga aylantirish rejalashtirilgan. "Mamlakat farovonligi, avvalo, mahalladan boshlanadi.
Aynan mahalladagi yoʻllar, ichimlik suvi, elektr taʼminoti va transport holati, shuningdek, bolalar bogʻchalari, maktablar va oilaviy poliklinikalardagi sharoitlar orqali odamlar bizning islohotlarimizni baholashadi", — dedi davlat rahbari. Prezident mahalla hamda uning infratuzilmasini rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida qayd etdi.
Ushbu muammolarni hal qilish uchun kompleks dastur qabul qilinadi. Bunda Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi tajribaga asoslaniladi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.